Avg
dars ishlanmalar
MUSTAQILLIK DARSI
Sana: _________
Fan: Tarbiyaviy soat. Mustaqillik darsi
Mavzu: “AZIZ VA YAGONAMSAN ,JONAJON O’ZBEKISTONIM!”
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad-o`quvchilarga istiqlol bu- ajdodlarimiz ko`p yillar orzu qilgan erkinlik, hurlik ekanligini, yurtimiz kelajagining nechog`lik porloq bo`lishi yosh avlodga bog`liqligi hamda zamon bilan hamnafas yashash bugunning talabi ekanligini tushuntirish;
tarbiyaviy maqsad- dunyoqarashi keng va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash:shukronalik hissini uyg`otish, boy tariximizni ko`z qorachig`idek asrash, davlat ramzlariga hurmat , yurtga sadoqat hissini tarbiyalash.
rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish; ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o`rnatishga qiziqtirish, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishningbeshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi haqidagi bilimlarini rivojlantirish
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radio,telefon orqa berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Dars turi: aralash
Dars metodi: suhbat, savol- javob, “Tarmoqlash” metodi, “Bilarjonni kim yengadi?” ta`limiy o`yini.
Darsning jihozi:
didaktik jihoz: “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asari, davlat ramzlari, Harakatlar strategiyasiga oid video va audio yozuvlar, mustaqillik yillari rasmlari.
texnik jihoz: televizor, noutbuk, slaydlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a) salomlashish hamda navbatchi axborotini tinglash;
b) davomatni aniqlash hamda tozalik nazorati;
s) ma`naviy daqiqa.
Dars shiori:
“Mustaqillik nuriga to`lsin Vatan,
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!”
1- o`quvchi: So`zimiz boshi salom,
Ish boshidir intizom.
Ustozlarga chin dildan,
Deymiz, salom , assalom!
2- o`quvchi: Mustaqil yurtimizning,
Kelajagi bizlarmiz.
Ona Vatan bag`rida,
Baxtin topgan bizlarmiz.
3- o`quvchi: Ona yurtga muhabbat,
Yosh avlodning dilida.
Madhiyamiz yangraydi,
Bolajonlar tilida.
O`qituvchi: – Assalomu alaykum, bilimga chanqoq o`quvchilar, aziz mehmonlar, Istiqlolning 27 yilligiga bag`ishlangan darsimizni boshlaymiz.
4- o`quvchi: Mustaqillik qutlayman seni,
Bor san`atim, bayotim bilan.
Mustaqillik asrayman seni,
Kerak bo`lsa hayotim bilan.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Ta’til topshiriqlari asosida suhbat o’tkaziladi.Suhbat mavzusi bevosita tinchlik mavzusi bilan bog`lanib ketadi.Tinchlik tushunchasini barcha o`quvchilar o`zlari -dan kelib chiqqan holda tushuntiradilar.Mustaqillik bayrami haqida o`quvchilar tushunchasi tinglanadi.
5- o`quvchi: 1991- yil 31- avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi -ning navbatdan tashqari sessiyasida O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e`lon qilindi.
6- o`quvchi: Tarix sahifasiga 1- sentabr – Mustaqillik kuni sifatida zarhal harflar bilan bitildi.
7- o`quvchi: Yurtimizda o`tgan 27 yil mobaynida ko`plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa bunyodkorlik ishlarini aytib adog`iga yetolmaymiz. Maktablar, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, ishlab chiqarish obyektlari, xizmat ko`rsatish, dam olish maskanlari qurildi, ko`cha va xiyobonlar obodonlashtirildi.
8- o`quvchi: Turkistonli shonimiz,
Turonli unvonimiz.
Vatan bizning shonimiz
Fido bo`lsin jonimiz.
III. Yangi mavzu bayoni.
Tarixda hech bir xalq yoki millat o’z ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qo’lga kiritmagan. Buni jahon tarixi, jumladan, yurtimiz tarixi ham isbotlaydi. Bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar. Masalan, To’maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Mahmud Torobiy, Amir Temur singari mard va bahodir sarkardalarimiz boshchiligida yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, so’nggi 130 yildan ortiqroq davom etgan istibdod davridagi ozodlik kurashlari, jadid bobolarimizning xalqimizni jaholat va mustamlakachilik domidan xalos etish yo’lidagi ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig’idir.
Yoki o’tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida yurtimizda adolat, mustaqillik, tinch-osuda hayot uchun olib borilgan mardona harakatlar milliy ozodlik yo’lidagi kurashlarning yorqin sahifasini tashkil etib ketdilar. Mustaqilligimiz 25 yiligi arafasida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov hayotdan ko’z yumdi. Butun O’zbekistonliklar chuqur qayg`uga botdilar.
2016-yil 4-dekabrda marhum prezidentimiz bilan yelkama-yelka yurgan, doimo xalq manfaatlari uchun jon kuydurgan o’zbekiston o’g’loni Shavkat Mirziyayev Miromonovich prezidentlik saylovida g’olib chiqdi va O’zbekiston Respublikasi prezidenti deb e’lon qilindi.
Bu yil 2018 yil davlatimiz prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan “Faol tadbirkorlik ,innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.
So`ngra o`quvchilar e’tiboriga slaydlarda rasmlar havola etiladi va ular haqidagi tushunchalari so`raladi.O`quvchilarni yangi prezidentimiz tomonidan tuzilgan 2017- 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo`nalishi Harakatlar strategiyasi mazmun mohiyati bilan tanishtiriladi. Qisqacha mazmuni tushuntirib beriladi.
Sinf taxtasiga “KIM EDIK-U KIM BO`lDIK?” jumlasi yozilgandan so`ng , o`quvchilar e`tiborini , eng avvalo, tumanimizda mustaqillik aksi qanday ifoda etayotganligi haqida suhbat uyushtiriladi. Xalqimizning tarixiy yutug`i Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda bu yana bir bor o`z ifodasini topmoqda.Bularning barchasi istiqlol, bugungi ozod va erkin hayot, musaffo osmon o’z-o’zidan kelmagani, ular asrlar davomida olib borilgan kurash- lar mahsuli ekanidan dalolat beradi.Ma’lumki, jonajon Vatanimiz jahon madaniya- tiga buyuk va beqiyos hissa qo’shgan ulug’ allomalar, aziz-avliyolar, mohir sarkarda va davlat arboblari bilan ham ma’lumu mashhurdir.Mustaqil yurtimiz zaminining shu jihatdan benihoya muqaddasligi haqida Prezidentimiz Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlab aytgan edi: Umrini iymon va e’tiqod, vatanparvarlik va insonparvarlik, poklik va halollik, ilm va ma’rifat, adolat va diyonat yo’lida fido etgan zotlarning mo’tabar xoklari makon topgan zamingina muqaddasdir. Agar shunday insonlar bo’lmasa, ular dahosining nafasi sezilib turmasa, har qanday zamin oddiy tuproq bo’lib qolaveradi».
Quvnoq daqiqa: ( Vatan haqida qo`shiq kuylanadi)
9- o`quvchi:
FIDOYILAR KERAK VATANGA
O’zbekona g’ururi baland,
Temuriylar nasliga monand,
Xalqi bilan yuragi payvand
Fidoyilar kerak Vatanga!
Vatanim deb, o’zin unutgan,
Yov kelganda ko’ksini tutgan,
Farzand bo’lib jonini tikkan
Fidoyilar kerak Vatanga!
Oltin zamin belbog’larini,
Osmon o’par alp tog’larini,
Asraguvchi bog’-rog’larini
Fidoyilar kerak Vatanga!
O`quvchilar bilan davlat ramzlari nomlari va ularni tasvirlari yuzasidan suhbat o`tkazilib, tarmoqlanadi. O`quvchilar ramzlar haqida she`rlar ijro etadilar.
10 – o`quvchi: O`zbekiston bayrog`i
Hilpirar ko`kda erkin.
Havorang, oq va yashil,
Keltiraylik ta`rifin.
Ko`k rangi bu – osmonimiz,
Yashil bog`-u bo`stonimiz.
Oq rang- poklik, qizil rang,
Tomirdagi qonimiz.
11- o`quvchi: Vatanimizning gerbida,
Charaqlab turar quyosh.
Qanotini keng yoyib,
Mag`rur turar Humo qushi.
O`ng tomoni paxtazor,
Yurtimning oq- oltini.
So`l tomoni bug`doyzor,
Vatanimizning non- doni.
12 – o`quvchi: Yillar o`tar, Qomusimiz bo`lsin omon,
Keng jahonda o`zbek elim sursin davron.
Doim bo`lsin o`zbek elim Qomusli el,
Omon bo`lsin Qomusli el, nomusli el
13- o`quvchi: Serquyosh hur o`lkam, deya madh etib,
Kuylayman jamoling, jonajon yurtim.
Kelajaging buyuk, toleying ulug`,
Yo`llaring nurafshon, nurga kon yurtim.
Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur,
Qudratli elning farzandlari sog’lom bo’lur.
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy-axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlarning mingdan biridir.
Respublikamizda ta’lim tizimining rivojlanishi shiddat bilan o`sib bormoqda. Mustaqillikdan avvalgi an’anaviy darslar o`rnini noan’anaviy tarzdagi insonparvarlashtirilgan ta’lim egallagani, dars jarayonida o`quvchining faollashtirish yo`lida barcha choralar qo`lanayotgani to`g`risida suhbatlashiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, biz tayanchimiz va suyanchimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz bo‘lmish bolalarimizga, farzandlarimizga ishonch bilan, hurmat-e’tibor bilan qarashni kelajagimizga bo‘lgan ishonch, millatimizga, xalqimizga bo‘lgan hurmat-ehtirom ifodasi, deb bilamiz.
IV. Mavzuni mustahkamlash:
Kichik guruhlarda o’quvchilar mavzu yuzasidan fikr almashishadi.”Bilarjonni kim yengadi?”ta`limiy o`yini o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar Bilarjonning savollariga javob beradilar. Matn yuzasidan savollar:
– Mustaqillik degani nima?
– O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi qachon e`lon qilindi?
– Yurt mustaqil bo`lishi uchun nimalarga ega bo`lishi kerak?
– Mustaqillik tufayli qanday yutuqlarga erishdik?
Javoblari tinglanib, Bilarjonni yenggan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Mavzu yuzasidan olgan bilimlari mustahkamlanadi.
V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash:
Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag`batlantiriladi.Darsning eng faol o`quvchilari e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa:
“Biz Vatanning kelajagimiz”
19-umumiy o`rta ta`lim maktabi
informatika fani o’qituvchisi
SALIMOVA KAMOLA KARIMJONOVNANING
“AZIZ VA YAGONAMSAN ,JONAJON O’ZBEKISTONIM!”
shiori ostida bir soatlik
DARS ISHLANMASI
2018-2019 o’quv yili