Avg
Ilk qadamlar
1992 yil 15 avgust.Chust uyezdi Karkidon qishlog’ida ilk marotaba boshlang’ich ta’lim maktabi tashkil etildi.7-sonli ta’lim maktabiga E.Boboyev rahbar etib tayinlandi va 18 nafar o’quvchi qabul qilindi.Birinchi qaldirg’ochlarga ustozlardan I.Rahmonov, E.Yunusov,R.Azizov,A.Tillaboyev kabi qishloqning ilmli kishilari boshlang’ich ta’limdan saboq berdilar.
1923-1924 o’quv yilidan o’quvchilar soni 30 nafarga yetdi va 4 ta sinf ochildi. 1925 yilda boshlang’ich ta’lim maktabi 7 yillik to’liqsiz o’rta ta’lim maktabiga aylantirildi va maktabga Ismatilla Rahmonov mudirlik qildi.
1935-1936 o’quv yilidan maktab umumiy o’rta ta’lim maktabiga aylantirildi va M.Qo’shmatov mudir etub tayinlandi.Bu yillarda ilm maskanida 10 dan źiyod malakali ustozlar 185 nafar o’quvchilarga saboq berdilar.
1943-1944 o’quv yilida ikinchi jahon urishi fojeasi maktabda o’qituvchi kadrlar yetishmasligiga sabab bo’ldi. Natijada maktab 7 yillik ta’lim maskaniga aylantirildi.
1945-1946 o’quv yilidan maktabga N.Karimov direktor etib tayinlandi. Bu o’quv yilidan ilm dargohida oquvchilar soni 242 nafarga yetib ularga 16 nafar o’qituvchi saboq berdi.
1951 -1952 o’quv yilidan maktabga N.Bozorov direktor etib tayinlandi. Maktabda 20 dan ziyod o’qituvchilar 12 ta sinfda saboq olayotgan 370 nafar o’quvchilarga ta’lim berganlar.
1955 yilda qishloqda birinchi oliy ma’lumotli o’qituvchi D.Bozorov Farg’ona Davlat pedagogika oliygohini ximiya-biologoiya mutaxassisligini egallab , maktabda pedagogik faoliyat boshladi.
1956 – 1979 – o’quv yillarida maktabda D.Bozorov rahbarlik qilgan.Bu davrlarda maktab har tomonlama muvaffaqiyatga erishib , nafaqat tumanimizda, viloyatda o’z o’rniga ega bo’lgan ta’lim maskaniga aylandi.
1960 – 1961 – o’quv yilidan 7 – sonli to’liqsiz umumta’lim maktabi 19 – umumta’lim maktabiga aylantirildi.O’tgan yillar davomida ilm dargohida ta’lim olgan o’quvchilardan 200 dan ziyod oliy ma’lumotli turli soha bilimdonlari va 500 dan ziyod maxsus o’rta ma’lumotli kadrlar Vatani.iz ravnaqi uchun faoliyat olib borganlar.
1970 – o’quv yilida maktabimiz tasarrufidan 5- umumiy o’rta ta’lim maktabi ajralib chiqdi. Yangi tashkil etilgan maktabga D.Bozorov direktor etib tayinlandi.
1970 o’quv yilidan 19 – maktabga M.Issoqova direktor etib tayinlandi.Bu davrda maktabda 850 nafar o’quvchiga 35 nafar oliy, 30 dan ziyod orta maxsus ma’lumotli pedagoglar ta’lim tarbiya bera boshladilar.
ILM DARGOHIDA RAHBARLIK QILGAN
USTOZLAR
1922-1925-yillar E.Boboyev
1925-1935-yillar I.Rahmonov
1935-1945-yillar M.Qo’shmatov
1945-1951- yillar N.Karimov
1951-1956- yillar N.Bozorov
1956-1970 -yillar D.Bozorov
1970-1975-yillar M.Issoqova
1975-1983- yillar D.Bozorova
1983-1991-yillar D.Bozorov
1991-2004 -yillar P.Ma’rufjonov
2004-2013- yillar M.Mirzayeva
2013-2017- yillar Sh.Fayzullayeva
2017 -yil avgust oyidan M.Sharipov maktabda direktor lavozimida faoliyat olib bormoqda.